Stressdan qutulish uchun "qo‘zichoqli" kafe  

  • 14:01 / 03.12.2019
  • 56

Foto: SM News

"Mushukchali", "kuchukchali" kafelar endilikda yangilik emas. Biroq qo‘zichoqlar yordamida tushkun kayfiyatdan, charchoqdan xalos bo‘lishga xizmat qiluvchi kafe hozircha yagona. Bunday kafe Seulning Xonde tumanida ishga tushdi.  Ma’lumki, osiyoliklar qo‘zichoq va toychoqlarni juda ham yoqtirishadi. “Thanks Nature Cafe” rahbarlari odamlarning mana shu jihatini e’tiborga olgan holda kafelarida “jonli tabiat” burchagini tashkil qilishdi.  Bu burchakda Anna, Sem, Xani (asal) va Shugar (shakar) uchun joy hozirlangan. Qo‘zichoqlar doimiy ravishda parvarishlanib, toza, ozoda saqlanmoqda. Mehmonlarning o‘zlari ularni silab, erkalatgisi keladi. Qo‘zichoqlar ham bu mulozamatlarga shunday o‘rganib qolishganki, asti qo‘yaverasiz... Faqat qo‘zichoqlar oldiga borishning bir sharti bor: qo‘llarni yaxshilab yuvib, dezinfeksiyalab olish kerak, deb xabar beradi Rambler. 

Teglar