Sukerberg Trampning “ijtimoiy tarmoqlarni yopish” tahdidiga izoh bildirdi

  • 14:48 / 29.05.2020
  • 564

Facebook bosh direktori Mark Sukerberg AQSh hukumatining ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuchaytirishiga qarshi chiqdi. U bu haqda 28-may kuni FoxNews’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar senzuraga olib keladi.
“Umuman olganda, rasmiylarning biron-bir platformani senzura qilish to‘g‘risidagi qarori, mening fikrimcha, to‘g‘ri munosabat emas”, dedi Facebook rahbari.

Avval ma’lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni joriy etish niyatida ekanligi ma’lum bo‘lgan edi. Oq uy rahbari Twitter’dagi sahifasida agar konservatorlarning ovozlarini “o‘chirib qo‘yish”da davom etaverishsa, ularni “yopib qo‘yishini” yozgan edi.

Shuningdek, AQSh prezidentining g‘azabiga uning Twitter’idagi bir nechta twitlari ishonchsiz deb baholangani va ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshirish talab qilinganligi sabab bo‘ldi. Keyinchalik, 28-may kuni Reuters agentligi Tramp ijtimoy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini xabar qildi.