Suli bo‘tqasi yeyish uchun 10 sabab

  • 11:54 / 08.02.2015
  • 5639

Suli bo‘tqasi barchaga bolalikdanoq tanish. U nafaqat to‘yimli va mazali taom, balki salomatlik uchun ham foydalidir. 

1. Suli tarkibidagi kletchatka qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi. 

2. Garvard universiteti olimlari tadqiqotlariga qaraganda, muntazam ravishda suli iste'mol qilish yurak-qon tomir va 2-turdagi qandli diabet kasalliklariga chalinish xavfini kamaytiradi. 

Olimlarning ta'kidlashlaricha, suli sportchilar uchun ham, ayniqsa, maqbul taomdir. Bo‘tqa kun davomida organizmda yuqori quvvat bo‘lishini ta'minlaydi. 

3. Suli vaznni bir me'yorda ushlab turishga yordam beradi. Tadqiqotlar natijalaridan ma'lum bo‘lishicha, suli odamni to‘q tutadi va ishtahani nazorat qiladi, shuningdek, tushkunlikka qarshi vosita hisoblanadi.

4. Amerikalik olimlarning aniqlashlaricha, suli insonga xuddi qon bosimini tushiruvchi doridek samarali ta'sir ko‘rsatadi. U arterial qon bosimini me'yorida tutib turishga yordam beradi.

5. Suli qondagi qand miqdorini me'yorlashtirib turadi. 

6. Suli antioksidantlar manbai ham hisoblanadi. U saraton va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

7. Buyuk Britaniya va Gollandiya olimlarining tadqiqotlariga qaraganda, kletchatkaga boy taomlar yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Suli bo‘tqasi esa kletchatkaga boy.

8. Suli oqsil va uglevodlar manbai hamdir. Sport mashg‘ulotidan 45-60 daqiqa oldin yeyilgan bir porsiya bo‘tqa samaradorlikni oshiradi.

9. Suli immun tizimini mustahkamlaydi va organizmning infeksiyalarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi.

10. Kechki payt iste'mol qilingan suli bo‘tqasi uyqusizlikdan qiynaladigan insonlarga yordam beradi. Uning tarkibidagi B6 vitamini organizmdagi serotonin moddasi ishlab chiqarilishini ta'minlaydi. Aynan mana shu moddaning yetishmasligi uyqusizlikka olib keladi.

Teglar