Sun’iy intellekt erkin foydalanish uchun 100 mingta qiyofa yaratdi

  • 15:16 / 22.09.2019
  • 282

Ko‘pincha kontent yaratayotganda bosma hamda internet-nashrlar maqola uchun odam yuzidan foydalanish muammosiga duch keladilar. Ideal holatda buning uchun model yollash, xodimlardan birini suratga tushirish yoki pullik fotobankdan foydalanish lozim. Sun’iy intellekt esa erkin foydalanish uchun 100 mingta turli qiyofa yaratdi. Bu kontent-menejerlar, veb-dizaynerlar, rassomlar va shu kabi kasb egalariga juda qo‘l keladi.
 
“Biz minglab qiyofalarning bepul resursini yaratdik. Bu suratlar butunlay sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan. Suratlardagi odamlar haqiqiy emas”, – deydi Generated Photos mualliflari.

Sun’iy intellektni yaratish ortida turli operatsion tizimlar uchun belgilar to‘plamini yaratish bilan mashhur bo‘lgan icon8 jamoasi turibdi. Ularning ta’kidlashicha, istalgan kishi taklif qilingan yuzlarni butunlay bepul ishlatishi mumkin. Faqat bitta talab bor – manbani ko‘rsatish. 
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan qiyofalarning ko‘pchiligi normal ko‘rinishga ega, ammo ba’zi suratlarning sifati unchalik yaxshi emas. 

Shuni aytib o‘tish kerakki, Generated Photo saytida filtrlar yordamida kerakli yuzni tanlash imkonini beruvchi qo‘llanma ham bor.