Surxondaryoda 12 yoshli qiz YTH qurboni bo‘ldi

  • 09:37 / 13.09.2021
  • 189

Sariosiyo tumanida “Matiz” mashinasi 12 yoshli qizni urib yuborgan. Oqibatda qiz vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 11-sentyabr kuni soat 8:45 larda Sariosiyo tumanidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4N1583 Tortuli – Gazarak – Yorman avtomobil yo‘lida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Gazarak – Tortuli yo‘nalishida harakatlanib borayotgan “Matiz” mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli qizni urib yuborgan. So‘ng boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda qiz og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 1985-yilda tug‘ilgan “Matiz” haydovchisi va uning yonida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur joyda so‘nggi bir oy ichida odam o‘limi bilan bog‘liq ikkita yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.