Surxondaryoda bozor yonib ketdi. 36 ta savdo do‘koni zararlangani aytilmoqda

  • 11:23 / 05.02.2020
  • 244

Bugun, 5-fevral kuni soat 02:50 larda Boysun tumanining “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan 1867 m2 yer maydonidagi maishiy buyumlar bozorida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markazi xabariga ko‘ra, yong‘in haqida xabar soat 03:00 da tushgan va yong‘in joyiga soat 03:07 da birinchi yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:37 da o‘rab olinib, 03:55 da o‘chirilgan.

Viloyat hokimligiga ko‘ra, jami 253 ta savdo do‘konining 217 tasi, umumiy 1.867 m.kv. maydonning 1267 m.kv. qismi yong‘indan saqlab qolingan. 36 ta savdo do‘koni, umumiy maydonning 600 m.kv. qismi yong‘indan zarar ko‘rgan. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganligini ma’lum qilmoqda. https://t.me/HShamsutdinov/164