Surxondaryoda poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Elektrovoz temiryo‘ldan chiqib ketgan 

  • 15:37 / 09.09.2021
  • 265

Bugun, 9-sentyabr kuni soat 09:20 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi temiryo‘l kesishmasida yuk poyezdi va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilnishicha, mashinist A.Yu. boshqaruvidagi O`Z EL-0203 raqamli elektrovoz “Oqjar-Qumqo‘rg‘on” temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 220-km 8-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida, xususiy korxona haydovchisi A.B. boshqaruvidagi “HOVO” rusumli yuk avtomashinasida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etmasdan, o‘z ehtiyotsizligi tufayli avtomashina temiryo‘l izlaridan o‘tish vaqtida A.Yu. boshqaruvidagi O`Z EL-0203 raqamli elektrovoz  yuk mashinasini urib yuborgan.

Ushbu to‘qnashuv oqibatida, A.Yu. boshqaruvidagi O`Z EL-0203 raqamli elektrovozning old chap g‘ildiragi temiryo‘l izidan chiqib ketgan.

Mazkur hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.

Hozirda bu holat yuzasidan Surxondaryo viloyat IIBB Transportda jamoat xavfsizligini taьminlash bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.