Surxondaryoda quyosh stansiyasi qurilishi boshlandi

  • 11:40 / 04.02.2020
  • 385

Energetika vazirligi Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida fotoelektr (quyosh) stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi pilot loyihasini boshladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot bankining ko‘magida O‘zbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan 1 GVt quyosh energiyasini ishlab chiqarish dasturining bir qismi hisoblanadi.

Ushbu xalqaro tanlov 2020-yil 1-fevralda start oldi va joriy yilning iyul oyigacha davom etadi.
Loyihaga ko‘ra, amalga oshirish uchun tanlab olingan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan maydonda 200 MVt dan kam bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok quvvatli fotoelektr (quyosh) stansiyasi hamda 220 kVt kuchlanishli yangi nimstansiya va kuchlanishi 220 kVt bo‘lgan “Surxon” nimstansiyasiga ulanish uchun 52 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyasi quriladi.