Suv ostiga sayohat: “Avatar” filmining ikkinchi qismi qanday bo‘ladi?

  • 14:31 / 31.05.2020
  • 141

“Avatar” filmining prodyuseri Jon Landau franshizaning ikkinchi qismi haqida so‘zlab berdi. Filmning navbatdagi qismida bosh rollar – Jeyk va Naytirini Sem Uorrington hamda Zoi Saldana ijro etadi. Ular o‘tgan yillar davomida oila qurishadi va filmning bu qismida endi uni qutqarishga to‘g‘ri keladi.

“Jeyk va Naytirining oilasi bo‘ladi. Ular o‘z uyini tashlab chiqishga va Pandoraning turli mintaqalarini tekshirishga majbur bo‘ladi”, deydi Landau. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu safar qahramonlar suv ostiga sayohat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Kinokartina 2021-yilning oxirlarida chiqishi rejalashtirilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida
“Avatar 2” amerikancha ilmiy-fantastik film bo‘lib, rejissyor va ssenariychi Jeyms Kemeron tomonidan yaratilgan. Ushbu yangi qism 2009-yilda chiqarilgan “Avatar”ning mazmuniy davomidir.