Svetlana Radzivil jahon chempionatining finalida 

  • 13:05 / 30.09.2019
  • 267

Foto: O‘zbekiston Milliy Olympia qo'mitasi

Bugun Qatar poytaxti mezbonlik qilayotgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida navbatdagi kun bellashuvlari start oladi. Eʼtiborlisi, ushbu kun dasturidan oʻrin olgan balandlikka sakrash boʻyicha ayollar oʻrtasidagi final dasturida hamyurtimiz Svetlana Radzivil ham bahs olib boradi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Yurtdoshimiz saralash bellashuvlarida 1,94 metr balandlikni zabt etib, oltin medal uchun kurash olib boradigan eng kuchli 12 nafar ishtirokchi orasidan joy olgan. Mazkur yoʻnalish saralash bosqichida boshqa bir vakilimiz Nadiya Dusanova esa, 1,80 metr balandlik bilan finalga yoʻl ololmagan.

Teglar