Tabiat qo‘ynida dam oluvchilar uchun 15 maslahat

  • 21:50 / 12.06.2019
  • 997

Ayrim hollarda tabiat qo‘yniga dam olish uchun chiqqingiz kelmaydi, chunki u yerda sizni pashsha va chivinlar kutadi, retseptlardan esa faqat kabob va salatlar esga keladi. Biroq biz tabiat qo‘ynida ham maksimal qulaylik bilan dam olish va uyga faqat ijobiy hislar bilan qaytishni bilamiz.

Biz piknikka otlanganlar uchun eng yaxshi maslahatlar, shuningdek, taom tayyorlash uchun ko‘p vaqt sarflamaslik maqsadida oddiy retseptlarni to‘pladik.

1. Mahsulotlarni yangi holda saqlash

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by DeviLoe (@deviloe0124) on

Yeguliklar aynimasligi haqida bosh qotirish muhim. Tez o‘zgaradigan mahsulotlar uchun sovutgichdan xladagentlarni olish yoki uni o‘z qo‘llaringiz bilan tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun idish yuvish gubkalarini muzlatish va mahsulot hamda ichimlik solingan xaltalarga solish kerak. Suv solingan butilkalarni ham muzlatish mumkin, biroq gubka ancha qulay, chunki ko‘p joy egallamaydi.

2. Limonad

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Vyyezdnoy Bar Bar Trend (@bar_trend_catering) on

Piknikka uyda tayyorlangan salqin limonad, mors yoki kokteyllarni olish - yaxshi fikr. Agar plastik butilkalar germetik xaltalarga almashtirilsa, kam joy egallaydi va hasharotlar ham ichiga kirolmaydi.

3. Ko‘pchilik uchun sovun

Foto: © Asmr Soap Soul / youtube

Yoningizda suyuq sovun olib yurish har doim ham qulay emas. Butunidan hammaning foydalanishi esa gigiyenaga to‘g‘ri kelmaydi. Biroq sovunni mayda bo‘lakchalarga ajratish mumkin – ana o‘shanda u hammaga yetadi.

4. Qo‘lda yasalgan isitgich

Foto: © Ekvibrivalentum / youtube

Sayohatlarda isitgich – juda kerakli narsa: uning yordamida tezda isinish, xonani isitish va hatto chodirning ichida kitob o‘qish ham mumkin. Eng oddiy isitgichni temir banka, karton va eritilgan mumdan tayyorlash mumkin.

5. Marinadlangan sabzavotlar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by JIZN BeZ TseNZURY (@zakharova_anny) on

Tabiatda sabzavotlardan eng oson taomni tayyorlash mumkin. Gulxanda yangi mahsulotlardan gazak tayyorlash qiyin emas. Sabzavotli kabob, butunligicha marinadlangan yoki grilda qovurilgan bo‘laklar – ta'bga ko‘ra istalgan taomlar retsepti bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

6. Kiyim-kechaklardan yostiq

Foto: © cdiscount

Uyqusidan xavotir oladiganlar uchun: yengil sport xaltachasi kiyim bilan to‘ldirilsa, bitta tun uchun yostiq olish shart emas. Muhimi – barini tartib bilan joylashtirish: joyni ham tejaydi, chodirda uxlash ham qulay bo‘ladi.

7. Qo‘rada shampinon pishirish

Foto: Instagram/amur1704

Qo‘ziqorinning shampinon turidan xilma-xil gazaklar tayyorlash, qo‘rada, zar qog‘ozga o‘rab pishirish mumkin. Muhimi, qo‘ziqorinni oldindan uyda marinadlash kerak. Chunki u bir necha soat vaqt oladi. Olovda qovurish uchun esa bir necha daqiqa talab etiladi.

8. Bodringli gazak

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Eat 🥗 Pray 🤲 Travel ✈️ (@recipes_amy) on

Bodringdan tayyorlangan mazali gazak – kabob hamda qo‘ra, grilda tayyorlangan boshqa issiq taomlar bilan tortilishi kerak bo‘lgan yegulik. Uyda juda oson va tez tayyorlanadi – uni darhol olib ketish mumkin.

9. Hasharotlarga qarshi dolchin

Foto: © pixabay © spicexpert

Likopdagi hasharotlar – yaxshi «gazak» emas. Masalan, chumolilar dolchinni ko‘tara olmaydi. Agar uni stol yuzasiga qalin qilib sepilsa, ular sizni bezovta qilmasligi aniq.

10. Grildagi gulkaram

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Garik Jarit PP i ne tolko (@garik_zharit) on

Grilda gulkaramdan mazali taomlar tayyorlash mumkin. Sabzavotni oldindan marinadlash, keyin esa ko‘mirda mana bu yerda tasvirlanganidek g‘aroyib gulkaramni tayyorlasa bo‘ladi.

11. Xavfsiz gulxan

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by EKATERINA 🔮 (@ulitinaeka) on

Dala hovlida eski metall tog‘ora doim topiladi. U kechki payt olov yonida o‘tirish uchun asqotadi. Axir undan xavfsiz gulxan uchun qurilma sifatida foydalanish mumkin. Tog‘ora tagiga qum sepish kerak va olov atrofdagi buyumlarga tarqalishidan qo‘rqmasa ham bo‘ladi.

12. Lavashdagi gazak

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Lyublyu Gotovit | MANGALoyd © (@amocucinare) on

Lavashga o‘ralgan gazaklar olovda yanada mazaliroq bo‘ladi. Uyda tayyor qaylali ruletlarni tayyorlab oling, tabiat qo‘ynida esa ularni isitasiz.

13. Tuxumni 5 soniyada tozalash

Foto: © athriftymom

Salat tayyorlayotganda vaqtni tejashning yana bir usuli – tuxumni tezda tozalash. Banka, biroz suv, 5 soniya va ozgina harakat talab etiladi.

14. Qanday qilib tezda gulxan yoqish mumkin

Foto: © reddit

Gulxanni tezda yoqish uchun parafin va mumli shamlar, vazelinga bo‘ktirilgan paxta va hatto plastilindan ham foydalanish mumkin.

15. Shirinlik uchun – chiroyli pishiriq

Asosiy taom tayyor bo‘lguniga qadar pishiriq yaxshi yegulik bo‘ladi. Uni sevimli retsept bo‘yicha uyda tayyorlash va keyin tabiat qo‘yniga olib ketish kerak.

Sizning ham tabiat qo‘ynida dam olish bo‘yicha shaxsiy sirlaringiz bo‘lsa kerak. Izohlarda o‘rtoqlashishni unutmang.

Teglar