Tabiiy sharoitlarda o‘sadigan daraxtlarning eng mittisi qayerda o‘sadi? 

  • 11:11 / 08.11.2019
  • 233

Aslida tasnif shartlari bo‘yicha, mitti daraxtlarning bo‘yi 2,5 santimetrdan oshmasligi kerak. Biroq, tabiiy sharoitlarda o‘sadigan eng mitti daraxt Afrikaning janubi-g‘arbidagi Namib sahrosidan topilgan. Ushbu o‘simlik xuddi to‘ntarib qo‘yilgan konusga o‘xshaydi. Diametri 1 metrgacha yetadi. Tuproq sathidan 15 santimetrdan 50 santimetrgacha ko‘tarilishi mumkin.   

Tabiiy sharoitda o‘sadigan eng mitti daraxtlar guruhiga Tundra qayini va tolini ham kiritish mumkin. U yer bag‘ridan nari borsa 10 santimetrgacha ko‘tariladi. Biroq eni... Eni 5 metrgacha kengayadi, deya yozadi vokrugsveta.ru nashri.