Tadqiqot: Facebook jismoniy salomatlikka ta'sir qilishi mumkin

  • 08:10 / 24.01.2019
  • 2509

Surreya universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazishdi va ijtimoiy tarmoqlar nafaqat ruhiy, balki jismoniy salomatligimizga ham ta'sir qilishini aniqlashdi.

Facebook ruhiy salomatlikka jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, doimiy ravishda yangiliklar tasmasini ko‘zdan kechirish va o‘zini o‘zgalar bilan taqqoslashga undaydigan ijtimoiy tarmoqlar odamni yolg‘iz va tushkun kayfiyatda bo‘lishga majbur qiladi, o‘z-o‘ziga beradigan bahosini pasaytirib, ijtimoiy xavotirni oshiradi.
Biroq saytning zarari ruhiy holatingiz bilangina cheklanmaydi. Surreya universitetining Heliyon jurnalida e'lon qilingan yangi tadqiqoti Facebook’da o‘zini o‘zgalar bilan taqqoslaydigan odamlarga ularning salomatligi, masalan, uyqu miqdori, vazni do‘stlarinikiga qaraganda yomonroq bo‘lib tuyular ekan. Bu – ijtimoiy tarmoqlarning o‘z-o‘zimizni anglashimiz borasida o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarning bir qismi.

Foto: Reuters

Salomatlik ruhiyati professori Brijyet Dibb Facebook foydalanuvchilaridan 165 nafari o‘rtasida ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi, shuningdek, ular so‘nggi ikki haftada charchoq, vaznning o‘zgarishi va mushaklardagi zo‘riqishlar kabi belgilarni boshdan kechirganliklari borasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Dibb qonuniyatni sezdi: odamlar tushkunlik va siqilish holatlarida o‘zlarini yomon his qilganliklarini ma'lum qilishdi. Facebook’ning eng faol foydalanuvchilari ko‘pincha toblari qochishini aytishgan. Oxir-oqibat, o‘zlaridan ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan deb hisoblaydigan tanishlari bilan taqqoslab, bu nomuvofiqlikdan ishtiyoq va ilhom olishganida ham jismoniy jihatdan o‘zlarini yomon his etishadi.
Bu munosabatlar albatta sabab-oqibat natijasi sanalmaydi: salomatligi yaxshi bo‘lmagan kishilarga do‘stlari ularga qaraganda yaxshiroq yashagandek tuyuladi va bu ularning holatini yanada yomonlashtiradi.

«Yanada chuqur tadqiqotlar haqiqiy munosabatlar va sababning yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Faqat shundagina ijtimoiy tarmoqlardagi taqqoslashning uzoq muddatli salbiy natijalarini aniqlashimiz mumkin», - deya yozadi Dibb.

Ayonki, Facebook va ijtimoiy tarmoqlar odamlar salomatligiga uzoq vaqt davomida ta'sir qilishini tushunish uchun ko‘proq tadqiqot va so‘rovnomalar o‘tkazish kerak. Surreya universiteti olimlarining fikricha, ijtimoiy tarmoqlar kishilarni o‘zlarini nafaqat ruhiy jihatdan yomon his etishga majbur qiladi, balki jismoniy nuqtai-nazardan ham yomonroq ekanliklari to‘g‘risidagi fikrni singdiradi.

Teglar