Tailanddan charter reysda olib kelinganlar Rishtondagi sihatgohga joylashtirildi

  • 14:48 / 26.03.2020
  • 166

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Bugun, 26-mart kuni “Farg‘ona” xalqaro aeroportida Tailandning Bangkok shahridan olib kelingan 257 nafar O‘zbekiston fuqarolari kutib olindi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Mazkur reysda 67 nafar erkak, 163 ta ayol va 27 nafar voyaga yetmaganlar bor. Yo‘lovchilardan 255 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 1 nafar ayol Rossiya va 1 nafar erkak Ukraina fuqarosi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazardan qattiq nazorat o‘rnatilgan. Ular Rishton tumanidagi sog‘lomlashtirish markazida karantinga joylashtirildi

photo_2020-03-26_11-13-52.jpg

photo_2020-03-26_11-13-15.jpg

photo_2020-03-26_11-13-41.jpg

Eslatib o‘tamiz, viloyatda epidemik davlatlardan kelgan 211 nafar fuqaro shifoxona sharoitida, 1 ming 528 nafari uy sharotida karantinga olingan. 

photo_2020-03-26_11-13-43.jpg

Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida olti nafar koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemor davolanayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Ushbu ayollarning biri Turkiyadan, ikkinchisi umra ziyoratidan kelgan.

photo_2020-03-26_11-13-50.jpg

photo_2020-03-26_11-13-38.jpg