Tailandlik ayol bozordan xarid qilingan dengiz shilliqurti ichidan marvarid topib oldi  

  • 18:02 / 30.03.2021
  • 60

Tailandlik ayol bozordan dengiz shilliqurtlarini xarid qilib, ularning biri ichidan marvarid topib oldi. Qimmatbaho tosh bir necha yuz ming AQSh dollariga baholangan. 

Ayol shilliqurtlar uchun 70 bat (taxminan 2 dollar) pul to‘lagan. Marvaridning og‘irligi 6 gramm, diametri esa bir yarim santimetrni tashkil qiladi. Qimmatbaho tosh uchun 300 ming dollardan ortiq pul taklif qilinmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayol marvaridni ancha avval topib olgan va bu haqida hech kimga oshkor qilmagan. Ammo, otasi avtohalokatga uchrab, onasi saraton bilan xastalangach, uni sotuvga qo‘yishga majbur bo‘lgan.