Tailandlik ikki tadbirkor 723 yilga qamaldi

  • 14:38 / 15.06.2020
  • 234

Tailanddagi “Laemgate Infinite” restoranining ikki egasi firibgarlik uchun 723 yil muddatga qamaldi. 

Ular aholiga juda arzon narxlarda dengiz mahsulotlarini sotib olish huquqini beruvchi vaucherlar sotishgan. Keyinchalik bu soxta reklama aksiyasi bekor qilingan, natijada yuzlab mijozlar tegishli tashkilotlarga shikoyat qilgan

Tergov jarayonida tadbirkorlar buni amalga oshirib bo‘lmasligini yaxshi bilishganini tan olganlar. Sud paytida ular reklamada aytilgan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini  bunchalik arzon narxga sotib olib bo‘lmasligini, jamoatchilikka e’lon qilingan shartlarni bajarish niyatlari yo‘qligini bildirishgan.

Prokurorlarning ta’kidlashicha, reklama aksiyasi Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilingandan keyin vaucherlarning donasini 3 dollardan 347 mijoz sotib olgan.

Sudlanuvchilar sud jarayoni boshlanishidanoq hammasiga iqror bo‘lishgan. Shuni inobatga olib, sud ularga berilgan 1446 yil jazo muddatini ikki karra qisqaritishga va 58 00 dollar miqdorida jarima solishga qaror chiqargan.

Tailandda o‘ta uzoq muddatga hukm qilish odat tusiga kirgan, ammo mahkumlarning aksariyati 20 yildan nariga o‘tmaydi. 

Teglar