Taksi haydovchilariga aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor berish lozim? 

  • 13:41 / 03.12.2019
  • 708

Begona shaharga kelib qolgan ishonuvchan mehmonlar ayrim insofsiz taksi haydovchilarning “to‘ri”ga tushib qolishadi. "Rambler" nashri ularga aldanmaslikning o‘ziga xos yo‘llari haqida ma’lumot bergan. 
Hisoblagichga qarang! Agar taksida hisoblagich bo‘lsa-yu, haydovchi ma’lum summa bilan shartlashmoqchi bo‘lsa, bunday taksidan voz keching. To‘g‘ri, firibgarlar turli yo‘llar bilan laqillatmoqchi bo‘ladi. Biroq, salgina shubha tug‘ildimi, bu taksiga o‘tirmagan ma’qul. 
 
Ko‘tarilgan baho
 Siz bormoqchi bo‘lgan manzil vokzal yoki aeroportga qanchalik yaqin bo‘lsa, narxi ham shunchalik baland bo‘ladi. Agar bir necha haydovchidan yo‘l haqini so‘rasangiz, ular har xil narxni aytayotgani sizni ajablantiradi. Shuning uchun, boradigan manzilingizga yo‘l haqi qancha turishini oldindan surishtirib bilib oling. O‘shanda aldanib qolmaysiz. 
 
Chalkash yo‘l 
Boradigan manzilingizni shaxsiy telefoningizdagi navigator orqali belgilab olishdan uyalmang. Agar taksi haydovchisi belgilangan marshrutdan chiqib, atrofda aylana boshlasa, undan nimaga bu yo‘lni tanlaganini albatta so‘rang. Shunda haydovchi siz bilan o‘ylab muomala qilish zarurligini tushunib yetadi.  
Yuk
Esingizdan chiqarmang! Mashinadan hamma yukingizni tushurib olganingizdan keyingina yo‘l haqini to‘lang. Aks holda yana chiqimdor bo‘lib qolishingiz mumkin.