Tartibsizliklarga sabab bo‘lgan namoyishlar oqibatida Bag‘dod gubernatori  iste’foga chiqarildi

  • 19:20 / 06.10.2019
  • 309

Iroq poytaxtida bir necha kun davom etgan tartibsizliklar ortidan Bag‘dod gubernatori Faloh al-Jazoiriy iste'foga chiqarildi. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, besh kun davomida vakant lavozimni egallash uchun nomzodlardan arizalar qabul qilinadi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, maktablar va davlat idoralari o‘z faoliyatini qaytadan boshladi. 
Birgina shanba kuni Bag‘dodda xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarda kamida 19 kishi halok bo‘ldi – namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun politsiya o‘t ochdi, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi. 
Oktabr boshidan beri Iroqning turli qismlarida yashash sharoitining og‘irligi va korrupsiyaga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketganidan buyon mamlakatda 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Eng shiddatli to‘qnashuvlar Bag‘dodda yuz berdi.

Teglar