“Tashkent City” qurilishida vafot etgan shaxsning kompensatsiya puli to‘lab berilgan(mi?)

  • 12:56 / 14.01.2020
  • 373

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga “Tashkent City” qurilishida ish vaqtida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i ish beruvchi tomonidan kompensatsiya puli to‘lanmayotgani yuzasidan murojaat bilan chiqdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, 2019-yilning 25-avgust kuni “Tashkent City” qurilish majmuasi, 1-lot birinchi sonli 9 qavatli qurilish binosida B.A.Egamberdiyev bilan baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Natijada B.A.Egamberdiyev vafot etgan. 

Mazkur holatni o‘rganish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasining Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori boshchiligida komissiya tuzilgan. O‘rganishlar fuqaro bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa ishlab chiqarish bilan bog‘liq deb topilgan. 

Natijada ish beruvchi tomonidan vafot etgan fuqaroning yaqin qarindoshi – turmush o‘rtog‘iga kompensatsiya puli to‘lab berilgan.