“Tashlab qo‘yilgan” maqsadlarga yaqinlashtiruvchi 4 qadam

  • 17:25 / 15.10.2018
  • 4177

Yangi yil oldidan maqsadlar ro‘yxatini tuzdingiz, biroq ular olg‘a siljimagan bo‘lsa, vaziyatni o‘zgartirishning ayni vaqti keldi.

1. Qayta baholang

Maqsadni “tashlab qo‘yganingizning” biror sababi bo‘lsa kerak. Nima uchun bunday bo‘lganini va endilikda nimaga erishmoqchiligingizni o‘ylab ko‘ring. Ishning katta qismi – maqsadni to‘g‘ri qo‘ya olish.

Foto: Pexels

Bu maqsad siz uchun hozir dolzarb ekani va uni amalga oshirishning ayni vaqti ekanini o‘ylab ko‘ring.

Uni amalga oshirish uchun vaqt bor-yo‘qligini o‘ylab ko‘ring.

U qadriyatlaringizga zid kelmasligini kuzating.

Ba'zida boshqalar shunday qilayotgani uchungina maqsadni tanlaymiz. Biz ham unga erishishimiz kerakdek tuyuladi. Agar hozir bu maqsad sizniki bo‘lmasa, muvaffaqiyatga erishmaysiz.

2. Dedlaynni rag‘bat sifatida qo‘llang

Vaqt cheklangan bo‘lsa, imkoniyatlaringizni real baholaysiz. Yil so‘ngiga qadar nimaga erishmoqchi ekaningizni o‘ylab ko‘ring. Qay bir ish bajarsa bo‘ladigan, jozibador, yana qay biri eplab bo‘lmaydigandek ko‘rinmoqda? Bu savolga javob qolgan vaqtda nimaga e'tibor qaratish kerakligini tushunishga yordam beradi. Rag‘batdan quvvat olish uchun yaqinlashib qolgan dedlayndan foydalaning.

3. Odat kuchini ishga soling

Yil davomida yoki unga ko‘proq muddat davomida maqsad sari harakat qilish uchun qat'iy harakatni ishga solish va intizomga ega bo‘lish lozim. Odatlarni natija uchun ishlashga majbur qilib, vazifani yengillashtiring.

Yodda tuting, maqsad aniq, o‘lchangan, erishsa bo‘ladigan, dolzarb va vaqt bo‘yicha chegaralangan bo‘lishi kerak. Istagingizga erishish uchun har hafta nima qilishingiz kerakligini o‘ylab ko‘ring. Qanday natijaga erishishni istaysiz?

Foto: Pexels

Masalan, daromadingizni muayyan foizga oshirish yoki yangi mijozlarni jalb etishni istaysiz. Qaysi odatlar sizni bu maqsadga maksimal darajada yaqinlashtirishi haqida o‘ylab ko‘ring.

Misol uchun, bir hafta davomida nechta mijozga qo‘ng‘iroq qilib, ularga nimani taklif qilish mumkinligini o‘ylang. Harakatlarga diqqatni qarating.

4. Kuch va vaqtni aql bilan sarflang

Ba'zi vazifalarni tahlil qilib, eng muhimlari bilan shug‘ullaning.

Kunning qaysi qismida yaxshi ishlashingizni kuzating va uni o‘zgacha samaradorlik yoki ijodiy yondashuv talab etadigan ishlarga bag‘ishlang. Barini boshidan boshlashga to‘g‘ri kelgani uchun o‘zingizni koyimang. Kuchingizni bunga sarflamang, yaxshisi uni maqsadga erishishga yo‘naltiring.