Tashlandiq joylarning goʻzalligi: barchaning yodidan koʻtarilgan 20 ta maskan 

  • 08:44 / 22.08.2019
  • 1991

Har bir mamlakatdan inson qadami yetmagan joylar bor. Aynan shunday yerlar – suratchi uchun haqiqiy topilmaning oʻzginasi. 

Qachonlardir gullab yashnagan, hayot qaynagan yerlar endilikda triller kadrlariga oʻxshaydi, inson tomonidan yaratilgan barcha narsalarni egallab olgan tabiat manzarasi esa bizga vaqt oldida naqadar kuchsiz ekanimizni namoyish etadi.

Amerika prezidentlarining qishloqdagi haykallari, Virjiniya shtati.

Buyuk Xitoy devorining tashlandiq qismida asta-sekin daraxtlar qad koʻtarmoqda.

“Buran” kosmik shattli, Baykonur, Qozogʻiston.

Italiyadagi ruhiy kasallar uchun moʻljallanshan tashlandiq klinika. 

Xitoyda insonlar tomonidan tashlab ketilgan qishloqcha. 

Bangokdagi tashlandiq “Yangi dunyo” savdo markazi.

Balidagi Boeing 737. Qachonlardir uni restoranga aylantirish uchun sotib olishgan. Biroq bu amalga oshmadi. U hali ham darada turibdi.

Uelsdagi avtomobillarga toʻlgan gʻor, Buyuk Britaniya.

Detroytning janubi-gʻarbidagi kasalxona. Tashlandiqqa aylanishidan avval va keyingi suratlari.

Ancha vaqt oldin yopilgan Michelangelo Da Vinci italyan restorani.

Nyu-York yaqinida joylashgan Grossindjer dam olish maskanidagi hovuz, tashlandiq joyga aylanishidan avval va keyingi suratlari.

Richmonddagi eski elektrostansiya.

Vashingtonda suv ostida qolgan kon.

Ancha vaqt oldin yopilgan Rolling Acres Mall savdo markazi, Ogayo shtati. 

Kanat yoʻlining eski stansiyasi, Tbilisi.

Vyetnamdagi tashlandiq akvapark.

Rochester universitetidagi tashlandiq hovuz, Nyu-York shtati.

Londondagi Viktoriya davriga tegishli eski yerosti rezervuari. Shaharda suv toshqinlarining oldini olish uchun foydalaniladi.

Bulutlar tashlandiq Fisher Body zavodi ustida toʻplanmoqda, Detroyt, Michigan shtati.

Kinoning 50 yillik tarixi Bendestorf kinostudiyasida chirib bitmoqda, Germaniya.