Tatariston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

  • 13:08 / 11.06.2021
  • 393

16-17-iyun kunlari Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Tatariston elchixonasi rasmiy sayti.

Ma’lum qilinishicha, Delegatsiya tarkibiga Tataristonning 25 dan ortiq turli xil kompaniyalari vakillari kiradi, shu jumladan, “KaMAZ” YoAJ, “Tatneft” XAJ, “PO ElAZ” OAJ, “KMPO” AJ, “Qozon vertolyot zavodi” XAJ, “Sollers Ford” MChJ, “UK KER-Holding” MChJ va boshqalar.

Tashrif davomida Rustam Minnixanov O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari bilan uchrashadi. Unda respublikalar o‘rtasida turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning holati va istiqbollari, Tatariston Respublikasi sanoat salohiyati ko‘rgazmasi va tatar-o‘zbek biznes forumi o‘tkaziladi. Shuningdek, O‘zbekistonda yashovchi tatarlar bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.