Taybeydagi ekoosmono‘par Agora Garden – junglidagi turar joy binosi

  • 12:03 / 30.05.2019
  • 495

Rekordchi osmono‘par binolar bilan biror kishini hayratda qoldirish mushkul, chunki dunyoda muntazam ravishda eng baland minoralar paydo bo‘ladi, bir-ikki yil o‘tgach esa, o‘z mavqeini yo‘qotadi. Elektr quvvatini tejash tamoyili, dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiradigan yashil texnologiyalar, qayta ishlangan va innovatsion materiallardan foydalangan holda  qurilgan binolar esa haqiqiy zavq hissini uyg‘otadi. Taybeyda qurilgan Agora Garden Tower ekoosmono‘par binosi ana shundaylardan biri sanaladi.

Foto: TravelAsk

Tayvan poytaxtida qiziqarli binolar talaygina, biroq Agora Garden Tower qurilishi davomida amalga oshirilgan ekologik konsepsiyasi sabab g‘aroyib sanaladi. Loyiha bosh arxitektori, belgiyalik Vinsent Kalleboning so‘zlariga ko‘ra, u tabiat va insonni birlashtiradigan ekologik muhitni yaratishga harakat qilgan. Ko‘pchilik tanqidchilarning fikriga ko‘ra, u  buni uddalagan.

Foto: TravelAsk

Yangi turar-joy binosi balandligi bo‘yicha ko‘plab osmono‘par binolarni ortda qoldirmaydi – unda bor-yo‘g‘i 20 ta qavat bor, biroq DNK spirali ko‘rinishidagi betakror shaklga ega. Yangi majmuani qurishda faqat ekologik toza mahsulotlardan foydalanilgan, ikkinchi qayta ishlash natijasida olingan materiallar afzal ko‘rilgan. Binoda yomg‘ir suvini yig‘ish tizimi mavjud bo‘lib, undan binolar faoliyatida foydalaniladi. Bundan tashqari, spiral majmuada quyosh batareyalari joylashtirilgan, organik chiqindilar esa foydali o‘g‘it ko‘rinishida qayta ishlanadi. Umuman olganda, bino maydoni bo‘yicha o‘xshash qurilmalarga qaraganda quvvatni ancha kam iste'mol qiladi.

Foto: TravelAsk

Vinsent Kallebo loyihasidagi ahamiyatli jihatlardan biri, vertikal ko‘kalamzorlashtirish bo‘lib, u butun dunyodagi arxitektorlarga manzur bo‘lgan. Tayvanning tropik iqlimi ko‘kalamzorlashtirishda turli o‘simliklardan foydalanish imkonini beradi, shuning uchun ham o‘ziga xos ekologik muhitni yaratishga muvaffaq bo‘lingan.

Foto: TravelAsk

Albatta, arxitektor nafaqat ekologik jihat, balki Agora Garden aholisi uchun maksimal darajadagi qulaylikni hisobga olgan. Bu yerda hovuz, mashg‘ulot zali, to‘xtash joyi va hatto tom qismida klub binosi ham bor. Mazkur g‘aroyib bino odam uchun qulay muhit atrof-muhit uchun maksimal darajada zararsiz bo‘lishi mumkin ekanini isbotlaydi.

Teglar