Texnologiya olamidagi eng so‘nggi yangiliklar

  • 14:42 / 06.01.2015
  • 4352

“Bullitt” kompaniyasi “Kodak IM5” smartfonini taqdim etdi 

Las-Vegasda o‘tayotgan “CES2015” ko‘rgazmasida fotoapparatlar ishlab chiqaruvchi mashhur Kodak kompaniyasi o‘zining birinchi “Kodak IM5” smartfonini taqdim etdi. Smartfonni suv, chang hamda zarbalar himoyalangan telefonlar ishlab chiqaruvchi “Bullitt” kompaniyasi ishlab chiqarmoqda.

Smartfonning asosiy kamerasi 13-Mp hamda old kamerasi 5-Mp. “Bullitt” kompaniyasi vakillari smartfonni “iPhone” bilan raqobatlashish maqsadida chiqarishmaganini, ularning maqsadi o‘rta klassdagi kamerafon yaratishni ko‘zlashganini ta'kidlashdi.

“Lenovo” kompaniyasi “Yoga” turkumiga kiruvchi yangi noutbuklarni taqdim etdi

“CES 2015” ko‘rgazmasida “Lenovo” kompaniyasi “Yoga” turkumiga kiruvchi yangi noutbuklarni taqdim etdi. Noutbuk-transformerning yangi avlodi “Lenovo Yoga 3” 11 yoki 14 dyuymli ekranga ega. Ikki model ham yupqa korpusga ega bo‘lib, qalinligi 18,3 mm dan oshmaydi. Ularda ham Yoga turkumidagi ultrabuklar kabi ekranni 360°ga aylantirish imkoni mavjud.

Yangi Yoga ultrabuklari “Intel Core i7” protsessoriga ega bo‘lib, “Windows 8.1” operatsion tizimida ishlaydi.

HP Las-Vegasda ikkita mini-kompyuterni namoyish etdi

HP kompaniyasi Las-Vegasda davom etayotgan CES-2015 ko‘rgazmasi doirasida odam kaftiga bemalol sig‘adigan ikkita kompakt desktop (stol kompyuterlari) taqdimotini o‘tkazdi. Ferra.ru’ning xabar berishicha, HP Pavilion Mini Desktop va HP Stream Mini Desktop qurilmalarining ko‘rinishi kichik bo‘lgani bilan, ular Windows 8.1 operatsion tizimi ostida ishlay oladi.

 

HP Pavilion Mini Desktop mini kompyuteri nisbatan yaxshilangan model bo‘lib, u foydalanuvchilarga 1 terabayt ichki xotira, 8 gigabayt operativ xotira, shuningdek, Intel Core i3 protsessorini taklif qiladi.

“HTC” kompaniyasi “Desire 826” smartfonini taqdim etdi

“HTC Desire 826” 5,5 dyuymli “FullHD” ekran hamda 1,7 chastotada ishlaydigan 64 bitli “Qualcomm Snapdragon 615” protsessori, ikkita kamera (13 megapikselli asosiy hamda “UltraPixel”li old kamera), 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira, 2600 mAch quvvatli akkumulyatorga ega.

 

Smartfon Android 5.0 versiyasida ishlaydi. U 2014 yil sentabr oyida taqdim etilgan “Desire 820” smartfonining davomchisi bo‘lishi kutilmoqda.

“Seagate Technology” go‘zal “LaCie Mirror” portativ qattiq diskini taqdim etdi

“Seagate Technology” kompaniyasi “Corning Gorilla Glass” bilan himoyalangan “LaCie Mirror” qattiq diskini taqdim etdi. Bu qurilma foydalanuvchiga 1 TB xotira joyi berishdan tashqari, aksessuar vazifasini ham bajaradi. Makassara daraxtidan yasalgan tutqichga ega “oynali disk” ish stolini bezashda qo‘l keladi.

Qattiq disk zarbalarga chidamli qilish maqsadida Native Damage Resistance texnologiyasi asosidagi Corning Gorilla Glass 3 oynasidan foydalanilgan.

USB 3.0 portiga ega bo‘lgan LaCie Mirror portativ xotira vositasi yanvar oxirida LaCie.com saytida 279,99 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

D-Link “CES” ko‘rgazmasida 5,3 Gbit/soniya tezlikda ishlaydigan Wi-Fi router taqdim etdi

Bu marshrutizatorlar “Ultra Performance” turkumiga kiradi. Bu termin ularga shunchaki berilmagan. Ular haqiqatdan ham kuchli tezlikka ega. “AC3200” va “AC3100” versiyasidagi marshrutizatorlar 3,2 va 3,1 Gbit/soniya tezlikni ta'minlay olsa, “AC5300” flagman modeli esa 5,3 Gbit/soniya tezlikda ishlash imkoniga ega.

Samsung kompaniyasi Galaxy E7 va E5’ning rasmiy taqdimotini o‘tkazdi

Samsung kompaniyasi yangi – Galaxy E7 va E5 smartfonlarining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Samsung Tomorrow xabar bermoqda.

Bungacha ushbu smartfonlar haqida faqat mish-mishlar yurgandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurilma dastlab Hindiston bozoriga chiqariladi, biroq keyinchalik boshqa hududlarga ham chiqarilishi mumkin.

Galaxy E7 va E5 smartfonlari mos ravishda 5,5 va 5 dyuymli sensor displeylar bilan ta'minlangan. Ushbu qurilmalar flagman modellar hisoblanmasa-da, kompaniya ushbu smartfonlarni kuchli, chiroyli va qulay, muhimi, yoshlarbop deb ta'riflamoqda.

Smartfonlarning qalinligi 7,3 millimetrdan oshmaydi. Samsung Galaxy E7 va E5’ning ikkisida ham ikkitadan sim-kartada foydalanish mumkin. Birinchi qurilmaning narxi 23 ming rupiy (taxminan 364 dollar) bo‘lsa, ikkinchisi esa 19,3 ming rupiy (taxminan 305 dollar)ga baholanmoqda.

LG kompaniyasi o‘z logotipini yangiladi

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi o‘z logotipiga ba'zi o‘zgartirishlarni kiritdi. Logotipda mavjud bo‘lgan “LG” nomidagi “G” harfi o‘zining mashhur ilmog‘idan ayrilib, zamonaviyroq ko‘rinishga ega bo‘ldi. “L” harfi ham avvalgidan ko‘ra “ozg‘inroq” shaklga keltirildi. Har ikkala harfni aks ettirgan doiracha esa o‘zgarishsiz qoldi.

LG o‘z logotipidagi yangilanishlar haqida dekabr oxirida ma'lum qilgan edi. Kompaniya vakili so‘zlariga ko‘ra, jamoatchilik nigohi ostidagi barcha belgilar o‘zgartiriladi, kompaniya xodimlari ham yangi biznes kartochkalar bilan ta'minlanadi.

CES 2015 ko‘rgazmasida 4 gigabayt operativ xotiraga ega jahondagi ilk smartfon namoyish etildi

Asus kompaniyasi Las-Vegasda matbuot anjumani o‘tkazdi va CES 2015 ko‘rgazmasi doirasida beshta yangi qurilma – uchta transformer-noutbuk va ikkita yangi smartfon taqdimotini o‘tkazdi. 

Transformer Book Chi T300, Transformer Book Chi T100 va Transformer Book Chi T90 transformer-noutbuklarining ekranlari diagonali mos ravishda 12.5, 10.1 va 8.9 dyuymga teng.

Asus kompaniyasi rahbari Jonni Shining so‘zlariga ko‘ra, bu o‘z tasnifidagi eng ingichka noutbuklardir. Transformer Book Chi’ning qalinligi 1,65 santimetrni tashkil etadi.

Noutbuklardan tashqari matbuot anjumanida ikkita yangi smartfon ham namoyish etilgan.

Birinchisi 4 gigabayt operativ xotiraga ega jahondagi ilk smartfon – Zenfone 2 bo‘lsa, ikkinchisi uch karra optik zumga ega bo‘lgan Zenfone Zoom mobil qurilmasidir.

Xabar berishlaricha, Zenfone 2 AQShda 199 dollardan, Zenfone Zoom esa 399 dollardan sotiladi.

Manba: kun.uz