Telefoningiz ko‘p narsalarga qodirligini bilasizmi?

  • 18:34 / 15.09.2019
  • 1882

Texnologiya shu qadar rivojlanib ketdiki, endilikda telefonlar ham to‘laqonli kompyuterga aylandi! Minglab kilometr masofalarni bog‘laydigan aloqa, har qanday ma’lumotni qidirish va saqlash yoki shunchaki ulardan zavqlanishning samarali vositasi. Bor-yo‘g‘i shumi? deb o‘ylamang. Bular undagi super xususiyatlarining yarmi ham emas. Quyida smartfonlarning ko‘rsatmalarida yozilmagan sirlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

смартфон

Ushbu sirlar telefonga bo‘lgan munosabatingizni butunlay o‘zgartirishi mumkin.

Telefoningizni o‘g‘rilardan asrang

Telefon o‘zining funksiyalarisiz bir uyum shisha, metall va plasmassaga aylangan bo‘lardi. Siz uning texnik imkoniyatlaridan maksimal foydalanib, kerakli choralarni ko‘rishingiz juda muhimdir. Ya’ni unda mavjud himoyalanish funksiyasidan ham unumli foydalanish kerak. Agar telefoningizni yo‘qotsangiz, eng avval uni qulflab qo‘ying. Buni boshqa mobil qurilmadan operatorga murojaat qilish orqali amalga oshirish mumkin.

Buning uchun telefoningizning seriya raqamini yozishingiz kerak. Kodni bilmayapsizmi? U holda oddiy kombinatsiyani yozishga shoshiling: *#06#. Agar o‘g‘rilik allaqachon sodir bo‘lgan bo‘lsa va siz hali ham telefoningiz hujjatlari va yorliqlarini saqlab yurgan bo‘lsangiz, kodni osongina topasiz. Buning uchun shtrix-kod ostidagi IMEI belgisini qidiring. Bu yerda kerakli raqamlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.

блокировка телефона

Yuz skaneri va barmoq izlari orqali kodlash

Kimdir telefoningizga ruxsatsiz tegsa, jahlingiz chiqadi, to‘g‘rimi? Axir, unda juda ko‘plab shaxsiy ma’lumotlaringiz bo‘ladi-da! Raqamlar va belgilar bilan kodlash endi u qadar ishonchli emas. Ularni osongina buzish mumkin. Qolaversa, bu qo‘shimcha vaqtni talab etadi.

блокировка экрана

Yuz va barmoqlarni skanerlash orqali tez va individual kodlashga muvaffaq bo‘lishingiz mumkin. Bunday parol smartfonni ochishga qiziqqanlar uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi! Bu siz uchun yangilik bo‘lmasligi mumkin, lekin undan foydalanish maqsadga muvofiq.

Gologrammalar

голограмма на смартфоне

Smartfondan foydalanib, siz uy sharoitida maxsus effektlar yaratishingiz mumkin! Masalan, quyidagi kabi gologramma.


Buni  taxminan bir daqiqa ichida bajarsa bo‘ladi. O‘z gologrammalaringizni yaratish uchun quyidagi oddiy qo‘llanmani tomosha qiling.

Suvga chidamli emasmi?

Telefoningiz suvga chidamli emasmi? Havotirga o‘rin yo‘q! Asosiysi, endi qurilmaga suv tushmaydi. Buning uchun ishonchli qoplamali, hamyonbop usuldan foydalansa ham bo‘ladi. Ya’ni, zich polietilendan tayyorlangan oddiy klyonka.

водонепроницаемый чехол

Bu siz uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Birinchidan, smartfon o‘lchamlari uchun ko‘p klyonka ketmaydi  Ikkinchidan, uni tayyorlash atigi ikki daqiqadan ko‘proq vaqtni oladi. Buning uchun klyonkani mahkamlash, ortiqcha qismini kesib tashlash va suv kirmasligi uchun atrofini yopishtirish kerak bo‘ladi, xolos.

Smarfonning umrini uzaytirsa bo‘ladimi?

Smartfonning yaroqlilik muddatiga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar mavjud. Ulardan biri qurilmaning tozaligini saqlash. Ko‘pincha uning quvvatlash joyi o‘zida chang yig‘adi. Qurilmaning quvvat manbai unga bog‘liq, albatta.

чистка смартфона

Shuning uchun ehtiyotkorlik bilan, quvvat olish simlariga zarar yetkazmasdan tozalang! Buning uchun ignasiz shprits orqali zaryad olish joyiga havo haydang. Bunda har qanday changlar zich havo oqimidan uchib ketadi va telefon zarar ko‘rmaydi.

Sizdan bor-yo‘g‘i ozgina mohirlik talab qilinadi, xolos. Endi siz cho‘ntagingizda haqiqiy xazina borligini bilasiz va u bilan boshqa foydali mo‘jizalarni ham amalga oshirishingiz mumkin.