Texnikum va kollej o‘quvchilari ikki kun o‘qib qolgan kunlari ishlaydilar – Hukumat qarori

  • 12:02 / 30.03.2021
  • 63

2021/2022-o‘quv yilidan professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi. Bu borada Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
 Bunda o‘quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta’lim oladi qolgan kunlar ishlaydi. O‘quvchiga ishlagan kunlari uchun haq to‘lanadi.

Shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili 1-iyulgacha dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan ta’lim muassasalarini belgilaydi.
Tanlangan ta’lim muassasalari belgilangan kvotalar bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi.

Ta’lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma tashkilot va o‘quvchi o‘rtasida ham tuziladi. Bunda o‘quvchi uchun tashkilotda muayyan ish o‘rni ajratiladi.

Dual ta’lim – bu ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizim hisoblanadi.