Time jurnali: 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari

  • 16:58 / 25.11.2016
  • 15953

Time jurnali e'tirofiga ko‘ra, Barbi qo‘g‘irchoqlaridan Xitoy kosmik laboratoriyasi, shirin kartoshkadan lego-protezlarigacha bo‘lgan joriy yilning eng yaxshi ixtirolarini e'tiboringizga taqdim etamiz. Eng yoqimlisi shundaki, bu kelajak mahsulotalarini shu kunlarda xarid qilish mumkin!

1. Flyte kompaniyasidan muallaq turuvchi chiroq. U elektromagnetizm va energiyani simsiz uzatish orqali ishlaydi.

2. Morpher kompaniyasidan velosiped uchun yig‘iluvchi dubulg‘a. Oddiy dubulg‘alar kabi yaxshi himoya vositasi hisoblanadi, shuningdek, noutbuklar uchun sumkaga ham sig‘adi.

3. Tesla va SolarCity’dan quyosh batareyalari. Endilikda uy ko‘rinishini buzib turuvchi panellar emas, balki chiroyli tom ko‘rinishida bo‘ladi.

4. O‘z-o‘zini bog‘lovchi Nike Hyperadapt 1.0 krossovkalari. Endi bog‘ichlarga ko‘p vaqt yo‘qotishni keragi yo‘q, tugmaga bosilsa bo‘ldi.

5. AP Thailanddan noto‘g‘ri shakldagi futbol maydonlari. Gavjum Bangkok shahridagi foydalanilmayotgan yerlarni sport maydonlarigi aylantiradi.

6. PlayStation VR virtual reallikga tushishning arzon va oson yo‘li. Bizning olamimiz endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi...

7. Hmbldt Vape Pens tibbiy marixuana ingalyatorlari. Uyqusizlik yoki bosh og‘rig‘iga qarshi foydalaniladigan dori vositalari o‘rnini bosadi.

8. Hello Sense qo‘ng‘iroqli soati siz uxlayotgan xonadagi haroratni, yorug‘likni, namlikni va havoning sifatini o‘lchay oladi. Shuningdek, uyqu sikllarini nazorat qilib, eng mos vaqtda sizni uyg‘otishi mumkin.

9. Goodear kompaniyasidan aylanuvchi Eagle 360 sferik shinalar. Ha-ha, ular g‘ildirakni qaytadan ixtiro qila olishdi.

10. Quip elektron tish cho‘tkasi. Texnologiya nuqtai nazaridan, barcha narsa eskicha qilingan, lekin innovatsion dizayn Apple mahsulotlari muxlislariga bag‘ishlangan.

11. Eatwell Assistive Tableware idishlari aqliy imkoniyatlari kamaygan insonlarga, misol uchun Alsgeymer kasalligi bilan og‘ringanlarga yordam bera oladi.

12. Ikea Foundation kompaniyasining eshik qulflari va quyosh batareyalari bilan jihozlangan Better Shelter loyihasi vaqtinchalik boshpanalarini taqdim etdi. Ularni yig‘ilgan ko‘rinishda ko‘chirish va IKeA javonlari kabi bir necha soatlarda qayta yig‘ib olish mumkin.

13. Dyson Supersonic soch quritgichi. Past ovozda ishlaydi, sochlarni tezroq quritadi va ularga zarar yetkazmaydi.

14. Olov rang shirin kartoshka. Afrika mamlakatlaridagi A vitamini yetishmaydigan bolalar uchun maxsus o‘stiriladi.

15. Dji Mavic Pro droni — eng kichkina ommabop dronlardan hisoblanadi, yig‘ma ko‘rinishda esa kaftga ham sig‘adi.

16. Arc InstaTemp termometri — o‘z analoglaridan qiziq dizayni va samaradorligi bilan farqlanadi. U tana haroratini 2,5 sm masofada 2,5 soniyada o‘lchay oladi, shuningdek, harorat ko‘tarilishini esa qizil, sariq yoki yashil ranglarda aks ettiradi.

17. Minimed 670g «Sun'iy oshqozon osti bezi». Diabetga chalinganlar hayotini yengillashtirishga, ya'ni avtomat tarzda qondagi shakar miqdorini aniqlash va insulin bilan ta'minlashga qaratilgan.

18. Tiangong-2 Xitoy kosmik laboratoriyasi.

19. IKO protez qo‘llari — Karlos Artur Torresom tomonidan maxsus bolalar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, u bilan LEGO mahsulotlarini o‘ynash mumkin.

20. Chevrolet Bolt elektromobili.

21. UNICEF Kid Power Band bilakuzugi bolalarga dunyoni o‘zgartirishi mumkinligini his etishga yordam beradi. 

22. Apple AirPods simsiz quloqchinlari — quloqlarga qo‘yilganda avtomat tarzda sizning iPhoneningizga ulanadi.

23. Amazon Echo simsiz spikeri. Uning ichida Sirining raqobatchisi Aleksa yashaydi. U yordamida Uber taksisini chaqirish, o‘z uyingizdagi chiroqlarni o‘chirish yoki pitssa buyurtma qilish mumkin.

24. Wynd shaxsiy havo tozalagichi — portativ filtr bo‘lib, havodagi barcha ifloslanishlarni yutadi.

25. Barbi qo‘g‘irchoqlarining yangi to‘plamida nihoyat, ular oddiy odamlarga o‘xshashadi.

Teglar