Tinch okeanining eng ko‘p tashrif buyuriladigan orollari

  • 16:04 / 13.07.2019
  • 582

Tinch okeanining janubiy qismidagi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan eng xushmanzara orollardan ayrimlari alohida mamlakat sanaladi. Jahon kompaniyalarining aviaparvozlari, reklama kampaniyalari va infratuzilmaning rivojlanishi mazkur hududdagi turizm rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan.

Janubiy Tinch okeani sayyohlik tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, Fiji, Fransuz Polineziyasi va Kuk orollari so‘nggi uch yil ichida eng ko‘p tashrif buyurilgan orollar bo‘lgan.

Palau

Palau Respublikasi – tabiatning haqiqiy in'omi. U Filippindan janubi-sharqda joylashgan. Mamlakatning chiroyli manzarasi bu yerga kelgan hech kimni befarq qoldirmaydi.

Mazkur davlat 328 oroldan tashkil topgan, ulardan 200 tasi kelib chiqishi vulqon bo‘lgan, tropik o‘rmanlar bilan qoplangan inson qadami yetmagan orollar sanaladi. Palau dayving, kayaking, snorkelling va faol hordiqning boshqa turlari uchun g‘aroyib imkoniyatlarni taklif etadi.

Yangi Gvineya

Yangi Gveneyada turizm endigina rivojlanayotgan soha bo‘lishiga qaramay, mamlakat Tinch okeani janubiy qismidagi mamlakatlarga tashrif buyuruvchi jami sayyohlarning 6,7 qismini qamrab olgan. Ushbu go‘sha mehmonlarga turli obidalar, flora va faunaning xilma-xilligi, ochiq havodagi festivallar va boshqa ko‘plab narsalarni taklif etadi.

Yil davomida bu yerda bir necha qiziqarli tadbirlar o‘tkaziladi: milliy niqoblar festivali, Goroka shousi, kundu va kanoe festivali, qahva festivali va boshqalar. Yangi Gvine dayving uchun eng yaxshi joy sanaladi. Bundan tashqari, bu yerda yil bo‘yi serfengistlarni uchratish mumkin. Bu yerda Kokoda trassasi va boshqa yo‘lovchi marshrutlari bor.

Samoa

Polineziyaning yuragi, Yangi Zelandiya va Gavayya o‘rtasida joylashgan Samoa davlati tropik jannat sanaladi. Qirg‘oq bo‘yidagi tor tekisliklar, vulqonli tog‘lar va yashil tropik o‘rmonlar ushbu mamlakatning landshaftini hosil qiladi.

Samoada bir necha milliy bog‘, sharshara, buloq, lavali maydonlar va plyajlar bor. U har bir tabiat ishtiyoqmandida taassurot uyg‘otishi aniq.

Kuka oroli

Kuka oroli – 15 ta manzarali orol va ular o‘rtasidagi Fransuz Polineziyasi va Tonga Qirolligidan iborat arxipelag.

Bu dunyodagi eng uzoq, biroq borish oson bo‘lgan yo‘nalishlaridan biri. U o‘zida an'anaviy va zamonaviy madaniyatni uyg‘unlashtiradi. Aitutaki lagunasi arxipelagning eng xushmanzara joylaridan hisoblanadi.

Fransuz Polineziyasi

Fransuz Polineziyasi dengiz orti hamjamiyati – Fransiyaning ma'muriy birligi hisoblanadi. U Tinch okeanining janubiy qismidagi Avstraliya va Kaliforniyaga yaqin joylashgan. Davlat 118 ta orolni o‘z ichiga olgan. Joy o‘zining g‘aroyib tabiat manzaralari, yashil tog‘ qoyalari, oppoq qumli plyajlari va orol madaniyati bilan mashhur.

Bora-Bora hashamatli dam olish maskanlari bilan dong qozongan. Taiti ham bu yerda mashhur yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Moviy rang ko‘rfazlar ushbu hududning asosiy obidasiga aylangan. Ular marjon qoyalar bilan qoplangan va sayyohlar bahra olishi mumkin bo‘lgan hovuzlarga o‘xshaydi.

Teglar