Tirsaklar terisining yorilishi nimadan darak beradi?

  • 09:19 / 26.07.2021
  • 231

Tirsaklar terisidagi yorilish, qichishish va qizarish jiddiy kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin. Bu haqida malakali dermatolog Svetlana Jaboyeva aytib oʻtdi.

“Biz odatda tirsaklar terisiga yetarlicha eʼtibor qaratmaymiz. Aslida esa ushbu soha ichki aʼzolar holatidan darak berishi mumkin. Qizarish, toshmalar, qichishish va yoriqlar – zudlik bilan shifokorga murojaat qilish uchun yetarli sabab. Bu ichki aʼzolardagi buzilishlarning birinchi belgisi ham boʻlishi mumkin. Ushbu holatni uy sharoitida bartaraf qilishga urinmang”, – deydi mutaxassis.

Tirsaklardagi haddan tashqari quruqlik va teri koʻchishi odatda dermatologik kasalliklar, jumladan psoriazdan darak beradi. Agar quruqlik darajasi oʻta yuqori boʻlsa, unga qichishish va qizarish ham qoʻshilsa, ularni ixtioz belgilari sifatida qabul qilish mumkin.

Bunday holatda teri notekis koʻrinishga kiradi, yoriqlar bilan qoplanadi, baliq terisini yodga soladi. Tirsaklar terisidagi quruqlik va teri rangining oʻzgarishi hujayralarning insulinga nisbatan taʼsirchanlik darajasi tushib ketganidan ham darak berishi mumkin. Bunday holatda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.