Tirsaklardagi quruq teri nimadan darak beradi?

  • 16:33 / 13.08.2019
  • 66

Tirsaklardagi teri eng kam miqdordagi yogʻ bezlari va tananing qolgan qismiga nisbatan koʻproq burmalar, shuningdek, oʻrtacha qalinlikka egadir. Shu sababli tananing bu qismi tashqi ta’sirlarga sezuvchan. Shu bilan birga, bir qator ichki kasalliklar ham birinchi navbatda tirsaklarda namoyon boʻladi. Bu endokrin kasalliklar boʻlishi mumkin. Masalan: qandli diabetning boshlanishi va gipoterioz kasalliklarida o‘z aksini topadi. Shuning uchun, tirsaklarning uzoq muddatli qurishi kuzatilganda biokimyoviy tahlil uchun qon topshirish kerak. Bu orqali siz yuqorida aytib oʻtilgan kasalliklarning oldini olgan boʻlasiz. Tirsaklar va tizzalardagi teri xiralashib, qizil toshma bilan qoplangan boʻlsa, bu psoriaz kasalligidan darak beradi. Mazkur kasallikni davolash esa juda qiyin kechadi.

Tirsaklarda quruq terining paydo boʻlishi organizmda vitamin hamda mikroelementlarning yetishmasligi bilan bogʻliq. Epidermis (terining tashqi qatlami)ning yupqalashishi temir tanqisligi anemiyasi, A va E vitaminlari yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ammo “har ehtimolga qarshi” vitaminlar qabul qilishni boshlashdan oldin, qon tekshiruvini oʻtkazish lozim.
Yodda tuting! organizmda vitaminlar miqdorining oshib ketishi ularning yetishmasligidan koʻra koʻproq xavfli va zararli hisoblanadi.

Shuningdek, tirsaklardagi terining qurishi va shikastlanishi sport, shaxsiy odatlar yoki ish sharoiti bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bunday hollarda, kremlar va tirsaklarni himoya qiluvchi maxsus bogʻichlardan foydalanish mumkin.

Teglar