Tog‘larning balandligi qanday aniqlanadi?

  • 12:02 / 08.11.2019
  • 791

Hozirda tog‘larning balandligini bilish juda oson ishga aylangan. Ilgarilari bu yumush barometrik altimetrlar yordamida amalga oshirilgan. Ya’ni, havo bosimining o‘zgarishiga qarab aniqlangan. Yanayam aniqrog‘i, har 100 metr balandlikda simob ustuni taxminan 12 millimetrga kamaygan. O‘lchashning aniq formulasi bo‘lmaganidan, o‘rtacha 10 metrga adashish ehtimoli bo‘lgan. 

Bundan tashqari, geodezik o‘lchovlar o‘tkazish yordamida ham tog‘ning balandligi aniqlanadi. Buning uchun tog‘ning cho‘qqisi burchak o‘lchovchi moslamalar yordamida turli nuqtalardan o‘lchanadi. Olingan natijalar yordamida aniq o‘lchov hisoblab chiqiladi.     

Teglar