Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy import amaliyoti boshlandi

  • 10:01 / 06.05.2020
  • 122

Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy import amaliyoti boshlandi. Bu haqda “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, yozgi vegetatsiya, ya’ni qishloq xo‘jaligidagi sug‘orish mavsumida Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborida to‘plangan suvlarni sarflash jarayonida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish amaliyoti mavjud. Mazkur amaliyot esa O‘zbekison suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.

2020-yil 2-may kuni O‘zbekistonda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlanish maqsadida “O‘zbekiston MET” AJ va “Barki Tochik” kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentyabr oylari uchun shartnoma imzolandi.

“Ayni paytda import amaliyoti ikkita 220 kVli yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari orqali amalga oshirilmoqda. Shartnomaga asosan yoz oylarida elektr energiyasi va suv resurslariga ehtiyoj ortadigan davr uchun import hajmlarini 500 kVli tarmoqlar orqali ko‘paytirish ham nazarda tutilgan”, deyiladi kompaniya xabarida.