Tojikistonga yordamga borgan virusologlar qaytib keldi

  • 14:39 / 22.05.2020
  • 673

Bugun, 22- may kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:15da 8 nafar shifokor va 4 nafar ekipaj a’zolaridan iborat maxsus samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga muvafaqiyatli qo‘ndi, deb xabar bermoqda "Uzbekistan Airports" AJ Matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, aeroport mutaxassislari tomonidan Tojikiston Respublikasida bo‘lib qaytgan tibbiyot xodimlarini kutib olish va ularni Nuroniy sihatgohiga kuzatish vaqtida  belgilangan epidemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sanitariya qoidalariga to‘la amal qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 8-may kuni O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, qo‘shni respublikaga insonparvarlik yuki va 8 nafar shifokor yuborilgandi.