Toshkent viloyati hududi qayta toifalandi: viloyatdagi 10ta hudud “qizil”ga aylangani rasman tasdiqlandi

  • 12:38 / 27.05.2020
  • 957

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati 2020-yil 26-may holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda toifalashtirilgan tuman(shahar)lar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, –

"Qizil" hududlar – Bekobod, Yangiyo‘l, Nurafshon shaharlari, Qibray, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Parkent, Toshkent, Yuqorichirchiq, Yangiyo‘l tumanlari.

"Sariq" hududlar – Angren, Chirchiq shaharlari, Bekobod, Quyi Chirchiq, Chinoz, O‘rta Chirchiq tumanlari.

"Yashil" hududlar – Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Piskent tumanlari.