Tokio-2020: o‘zbek qilichbozi chorak finalda!

  • 09:26 / 26.07.2021
  • 193

Zaynab Dayibekova janubiy koreyalik raqibiga qarshi jang o‘tkazdi.

Qilichbozimiz Zaynab Dayibekovaning g‘alabali yurishi davom etmoqda. Hamyurtimiz Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Sportchimiz nimchorak finalda janubiy koreyalik Ji Su Yun bilan ro‘baro‘ keldi. Hamyurtimizning ustunligida kechgan bahs Dayibekovaning 15:12 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Endi sablyachimiz yarim final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Sofiya Velikaya va italiyalik Vechi Irene o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kurash olib boradi.