Tokio-2020: o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Olimpiadani medallarsiz yakunladi

  • 18:53 / 25.07.2021
  • 203

Kun tartibidan o‘rin olgan og‘ir atletika bo‘yicha, erkaklar o‘rtasidagi musobaqalar o‘z yakuniga yetdi. Unda hamyurtimiz, 22 yoshli Adham Ergashev 67 kg. vazn toifasida ishtirok etdi. 

Ergashev dastlab, dast ko‘tarish yo‘nalishida 139 kg. toshni ikkinchi urinishda ko‘targan bo‘lsa, uchinchi urinishda 144 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundira olmadi.

Siltab ko‘tarishda esa 173 kg.ni muvaffaqiyatli ado etdi. Shundan so‘ng, vatandoshimiz bronza medalini ko‘zlab, 184 kg. toshga buyurtma berdi. Biroq, ikki urinishda ham sportchimiz bu og‘irlikni buysindira olmadi. 

Og‘ir atletika. Erkaklar, 69 kg.

1. Chen Li Jun (Xitoy) — 145 + 187 = 332 kg. (olimpiada rekordi)

2. Luis Xavyer Lozano (Kolumbiya) — 151 + 180 = 331 kg.

3. Mirko Zanni (Italiya) — 145 + 177 = 322 kg.

6. Adhamjon Ergashev (O‘zbekiston) — 139 + 173 = 312 kg.