“Tolibon” harakati tufayli nechta OAV faoliyati to‘xtatilgani ma’lum bo’ldi

  • 09:21 / 15.09.2021
  • 120

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimyatni egallaganidan keyin ko‘plab ommaviy axborot vositalar faoliyatiga chek qo‘yilgan. 

Tolo News nashrida aytilishicha, bugungi kunga kelib 153 tadan ko‘p OAV faoliyati tugatilgan. Telekanallar, radiostantsiyalar va bir nechta bosma nashlar moliyaviy muammolar va harakat tomonidan o‘tkazilayotgan bosimlar sabab o‘z chiqishlarini yakunlagan. 

Afg‘oniston milliy jurnalistlari ittifoqi a’zosi Masrur Lutfiy vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Masrur so‘zlariga qaraganda, halqaro tashkilotlar ushbu vaziyatdan chiqish yuzasidan amaliy yordam bera olmasa, mamlakatda OAV davri butunlay yakuniga yetadi.