Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar uchligiga kirdi

  • 10:13 / 19.03.2019
  • 3729

Iqtisodiy prognozlashga ixtisoslashgan The Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi 2019 yilda istiqomat qilish uchun eng qimmat shaharlar ro‘yxatini aniqladi. Tadqiqot 30 yildan beri har yili olib boriladi, deb yozmoqda Spot. 

Tahlilchilar dunyodagi 133ta shaharda non va birinchi ehtiyoj bo‘yicha boshqa tovarlar narxini taqqoslashdi. Qiyosiy tahlilda Nyu-Yorkda istiqomat qilish narxi asos qilib olindi, u jami 100 ballni tashkil etgan.

Dastlabki uchta o‘rinni bir vaqtning o‘zida uchta shahar egalladi - Parij, Hongkong va Singapur. Umuman olganda, dunyodagi eng qimmat shaharlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinishga ega:

• 1. Singapur (Singapur)
• 1. Parij (Fransiya)
• 1. Hongkong (Xitoy)
• 4. Tsyurix (Shveytsariya)
• 5. Jyeneva (Shveytsariya)
• 5. Osaka (Yaponiya)
• 7. Seul (Janubiy Koreya)
• 7. Kopengagen (Daniya)
• 7. Nyu-York (AQSh)
• 10. Tel-Aviv (Isroil)
• 10. Los-Anjyeles (AQSh)

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, hayot, odatda, eng qulay va xavfsiz bo‘lgan shaharlarda qimmatdir. Bu ro‘yxatdagi deyarli barcha shahar dunyoda yashash uchun eng yaxshi joylar reytingiga kiritilgan.

Aksincha, imkoniyatlar kam, siyosat yoki iqtisodiyot bilan muammolar kuzatiluvchi joylarda istiqomat qilish nisbatan arzon. Xususan, Karakas (Venesuela), Damashq (Suriya) va Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlarga aylandi.

Umuman olganda, dunyodagi eng arzon shaharlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga ega:

• 1. Karakas (Venesuela)
• 2. Damashq (Suriya)
• 3. Toshkent (O‘zbekiston)
• 4. Olmaota (Qozog‘iston)
• 5. Bangalor (Hindiston)
• 6. Karachi (Pokiston)
• 6. Lagos (Nigeriya)
• 7. Buenos-Ayres (Argentina)
• 7. Chennay (Hindiston)
• 8. Nyu-Dehli (Hindiston)

Teglar