Toshkent havosida yana zararli moddalar tarqaldi – O‘zgidromet

  • 12:58 / 21.11.2019
  • 93

O‘zgidromet ma’lum qilishicha, 19-noyabr va 20-noyabr tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratdi.

Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan.

Shuningdek, azot dioksidi bo‘yicha Qibray tumanida REM b.m. dan yuqori 1 holat kuzatildi.

Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.)dan yuqori bo‘lgani kuzatilmagan.

“22-noyabr va 23-noyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga olib keladi”, deyiladi xabarda.

Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalar bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratilgani aytilgandi (http://xabardor.uz/x/132681).