Toshkent havosining ifloslanish darajasi me’yordan oshdi

  • 11:02 / 11.11.2019
  • 578

7-noyabr va 8-noyabr tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida bir oz zararli moddalar yig‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Bu haqida O‘zgidromet xabar bermoqda.

Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.)dan ortgani qayd etilgan.

Azot dioksidi bo‘yicha:

Chilonzor tumanida REM b.m.dan yuqori 1 holat kuzatildi.

Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.)dan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.

12-noyabr va 13-noyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning saqlanib turishiga imkoniyat yaratadi.