Toshkent hayvonot bog‘iga jirafa keltirildi

  • 13:25 / 10.10.2016
  • 4460

Toshkent hayvonot bog‘iga Qozog‘istondagi hayvonot bog‘idan jirafa olib kelindi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bergan.

Xabar qilinishicha, Olmaota hayvonot bog‘i Alatau laqabli 3 yoshli erkak jirafani Toshkent hayvonot bog‘iga sovg‘a qilib yuborgan.

Bu yosh jirafa Xan va Gratsiya laqabli jirafalardan tug‘ilgan. Qozog‘istonga ilk jirafa 2003 yili Janubiy Afrika Respublikasidan keltirilgandi. Hozirda undan 12 marta nasl olingan.

Uzoq yo‘l bosib kelgan Alatau yangi hududga moslashib, meva va sabzavotlar, akatsiya hamda qayrag‘och novdalarini ishtaha bilan yamlayotgani qayd etib o‘tilgan.