Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qoldi

  • 12:14 / 08.04.2021
  • 59

Bugun, taxminan 10:40da Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan. 

Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. 

“Sergeli metro yo‘nalishi bo‘ylab avtobuslar harakati tashkil etilmoqda. Ayni vaqda, "Toshkent metropoliteni" UK rahbariyati voqea joyida vaziyatning sabablarini aniqlamoqda” deyiladi rasmiy xabarda.