Toshkent metrosida 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxs qidiruvga berildi

  • 10:45 / 22.09.2021
  • 149

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosida fuqaroning 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani aytilgan videolavha tarqaldi.

IIV Matbuot kotibi Shoxruh Gʻiyosovning ma’lum qilishicha, ayni paytda vazirlikning Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tomonidan holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur hodisa joriy yilning 18-sentyabr kuni soat taxminan 17:00larda Toshkent metropolitenining “Olmazor” bekatida Yangihayot tumanida yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan, A.E.ga nisbatan noma’lum erkak kishi tomonidan sodir etilgan.

Hozirda, videokuzatuv moslamalari orqali noma’lum erkak kishining harakat yo‘nalishini o‘rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda. 

IIV mazkur shaxs qidiruvida aholidan yordam so‘ramoqda.