Toshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishida yangi poyezdlar ishga tushirildi

  • 19:51 / 06.09.2021
  • 190

Bugun, 6-sentabr kuni Toshkent metropolitenida o‘tgan haftada keltirilgan va taqdim etilgan yangi metro poyezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi poyezdlarning sozlash ishlari yakunlangach, eng ko‘p yo‘lovchilar oqimiga ega bo‘lgan Chilonzor yo‘nalishiga uchta harakat tarkib o‘z ishini boshladi. Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yo‘nalishda aholi xizmatida harakatlanadi.

Xabarga ko‘ra, yaqinda bo‘lib o‘tgan brifingda mutasaddilarning ta’kidlaganlaridek, endi Chilonzor yo'nalishida ertalabki tig'iz vaqtda soat 07:30 dan 9:00 gacha poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechqurungi tig'iz vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqani tashkil etilmoqda.