Toshkent-Moskva yo‘nalishidagi charter reyslar ham saqlanib qoladi

  • 17:22 / 26.03.2021
  • 86

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaaloqalar 2021-yilning 1-aprel sanasidan boshlab qayta tiklanishini xabar berilgan edi.

Rossiya elchixonasining O‘zbekistondagi konsullik bo‘limi bir haftada bir martada parvoz qiluvchi muntazam reyslardan tashqari charter reyslar ham saqlanib qolishini ma’lum qildi.  
 
Doimiy reyslardan, Rossiya hukumatining 2020-yil 16-martdagi 635-sonli farmoyishida nazarda tutilgan mamlakat hududiga kirish cheklovlarini hisobga olmaganda, O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekiston hududida yashash huquqiga ega bo‘lgan xorijliklar foydalanishlari mumkin. 

Charter reyslarga chiptalar xarid qilish uchun esa yuqoridagi tartibga muvofiq tarzda xorijliklarning Rossiyaga kirishlari uchun asos bo‘lishi talab etiladi.