Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘zgardi

  • 14:02 / 25.08.2019
  • 606

Foto: O'zbekiston Musulmonlari idorasi

Toshkent shaharga yangi bosh imom xatib tayinlandi. Andijon viloyat bosh imom xatibi sifatida ishlab kelgan Nuriddin domla Xoliqnazarov ushbu vazifaga tayinlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda. 

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Hazrat Usmonxon Alimov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘inda Toshkent shahar bosh imom xatibi vazifasini bajarib kelgan Rahimberdi domla Rahmonov ilmiy ishlar va izlanishlar munosabati bilan vazifasidan ozod etilgani aytilgan. 

Hozirda Rahimberdi Rahmonov “Minor” masjidi imom xatibi hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 4-yanvar kuni Rahimberdi domla Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlangan edi.

Bundan avval, u Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan.