Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

  • 02:35 / 14.05.2019
  • 581

Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Alimardon Qarshiyev Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, Alimardon Qarshiyev Toshkent viloyati hokimligida ham jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha mas'ul edi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari etib tayinlangan.