Toshkent shahri uchun “Velo city” loyihasi e’lon qilindi

  • 15:30 / 02.04.2021
  • 44

Toshkent shahar transport boshqarmasi Toshkent shahrida velosiped transport turini ommalashtirish, qisqa muddatli velosipedni ijaraga berish tizimi – bike sharing tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Unga ko‘ra, kelgusida shaharda umumiy uzunligi 606 km bo‘lgan velosiped yo‘laklari tashkil etiladi.

Bike sharing tizimini joriy etish bo‘yicha birinchi bosqich, ya’ni “Velo city” loyihasida shuningdek, velosiped turargohlari, velosiped ijara markazlari hamda “bike sharing” xizmatlaridan foydalanish uchun elektron to‘lov infokiosklarini tashkil etish ham nazarda tutilgan.
Mazkur tizim boshlang‘ich pilot loyiha sifatida Toshkent shahrining 4 ta nuqtasida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, hozirda Toshkent shahar hokimligi va mahalliy davlat idoralar tomonidan 12,4 km uzunlikdagi velosiped yo‘lakchalari aholi foydalanishi uchun topshirilgan.