Toshkent shahridagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi o‘z faoliyatini yakunladi

  • 10:20 / 22.05.2020
  • 191

Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahri hokimligi Matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishcha, o‘tgan davr mobaynida jami qariyb 85 ming muhtoj oilaga ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur xayriya ishlarining 65 431tasi 1197 raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida, 16 747tasi esa Mahallalar tavsiyasiga ko‘ra va 2 458ta  tasi Ijtimoiy tarmoqlar orqali tushgan murojaatlar bo‘yicha amalga oshirilgan.

Xayriya tadbirlari davomida 40 xildagi 941 tonna 570 kilogramm, 148 769 litr, 166 274 qadoq oziq-ovqat mahsulotlari va 3 201 turli xil dori vositalari yordam tariqasida tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, markaz o‘z ishini joriy yilning 1-aprel kunidan Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida boshlagan edi.