Toshkent shahridagi maktab binosi yomg‘ir sabab muammoga uchradi

  • 13:53 / 13.02.2020
  • 315

2020-yil 12-fevral kungi kuchli yog‘ingarchilik sabab Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-sonli umumta’lim maktabining hovlisi va o‘quv binosining bir qismida suv to‘planib qolgan deb, xabar bermoqda Mirzo Ulug‘bek tumani Xalq ta’lim bo‘limi o‘z Facebook sahifasida.

На изображении может находиться: ночь, небо и на улице

Xabarda keltirilishicha, Tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan mazkur holatni bartaraf etish va o‘quvchilar havfsizligini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va boshqa tegishli idoralarga ma’lumot berilgan.

На изображении может находиться: дерево, ночь и на улице

 Natijada, o‘quvchilar maktab hovlisidan betalofat chiqarilgan. Hozirda 71-maktabga o‘quvchilarning qiyinchiliksiz darslarda ishtirok etishlarini ta’minlash uchun sharoit yaratilgan. Tumanning mas’ul tashkilotlari tomonidan maktab hovlisidagi suv chiqarib tashlanib, muassasadagi ariq va drenajlar tozalangan.

На изображении может находиться: автомобиль и на улице